Limfangit, limfangoit
Limfangit, limfangoit (limfa va Yunoncha angeion — tomir) — limfa tomirlarining yallig’lanishi. Streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi va boshqalar qo’zg’atadi. Ko’pincha, teri va shilliq pardalarning chaqalangan joyidan kirgan infektsiya limfa oqimi orqali tushib, uni yallig’lantiradi. Odatda, limfadenit bilan birga kechadi. O’tkir va surunkali Limfangit bor. Yallig’langan limfa tomiri bo’ylab og’riq, shish, qizarish, berchlanish kuzatiladi, shuningdek, et uvishadi, qarorat ko’tariladi, bemorning ahvoli keskin o’zgaradi. Kasallikni davolash, asosan, uni keltirib chiqargan sababini bartaraf etishdan iborat. Yallig’langan sohani iloji boricha qimirlatmay, tinch qo’yish tavsiya etiladi, dori-darmonlar, balchiq bilan davolash, rentgenoterapiya buyuriladi.