Limfositlar

Limfositlar (limfa va Yunoncha kytos — hujayra) — odam va umurtqali hayvonlar oq qon hujayrasi — leykotsitlarning bir turi (agranulositlarga kiradi). Ular ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va ko’mikda ishlanib chiqadi. Limfositlar kichik (4,5—6,5 mkm), o’rta va yirik diametrli (10-18 mkm) xillarga bo’linadi. Limfositlar amyobasimon harakatlanish, shuningdek, monositlar, makrafaglar, fibroblastlar (fagositoz qiladigan yirik hujayralar) va boshqalarga aylanish xususiyatiga ega; u himoya vazifasini bajaradi; antitelolar hosil bo’lishida (plazmatik hujayralarga aylanib) ishtirok etadi, boshqa hujayralarga oziq moddalar yetkazib beradi va hokazolar. Qonda Limfositlar sonining kamayishi limfositopeniya, ko’payishi esa limfositoz deyiladi.