Lingvistik tahlil
Lingvistik tahlil — til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni, vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Masalan, hosildorlikni so’zida ikki asil til hodisasi mavjud bo’lib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) so’z yasalishi hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu so’zda ikkita yasama so’z mavjud bo’lib, so’z yasalishi tahlilida har bir yasama so’zning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati, vazifasi, ma’nosi va sh.k. belgilanadi. Bunda: hosildor yasama so’z ekani, u so’z yasalish asosi hosil va so’z yasovchi dor qo’shimchasidan iborat tarkibiy qism ga egaligi, so’z yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, dor qo’shimchasining qaysi turkumga oid so’zdan qaysi turkumga mansub so’z va qanday ma’noli so’z yasashi hamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasamaso’zining taxlili ham xuddi shu tarzda olib boriladi, ya’ni u yasama so’z ekani, unda hosildor so’z yasalish asosi, lik so’z yasovchi qushimcha ekani, shuningdek, bu qo’shimchaning ma’nosi va boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Morfologik tahlilda qosildorlik suzining ot ekanligi, -n i qo’shimchasi shu so’z (ot)ning tushum kelishik shaklini yasashi, uning ma’nosi va sh.k. qayd etiladi. Lingvistik tahlilning yana quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil; 2) frazeologik taxlil; 3) semasiologik taxlil; 4) fonetik tahlil; 5) imloviy taxlil; 6) orfoepik taxlil; 7) morfem taxlil; 8) sintaktik tahlil; 9) punktuasion tahlil; 10) uslubiy taxlil; 11) etimologik taxlil. Azim Hojiyev.