Linol kislota

Linol kislota — ikki qo’sh bog’li bir asosli karbon kislota, SN3 (SN2)3 (SN2SN=SN)2 N(SN2)SOON. Molekulyar modda 280,5. Suyuqlanish temperaturasi — 5°, qaynash temperaturasi 149°, zichligi 903 kg/m3 (20°da). Linol kislota normal hayot faoliyat uchun zarur, almashtirib bo’lmaydigan yog’kislotalari jumlasiga kiradi. Odam va hayvon organizmiga oziq-ovqat orqali, asosan, murakkab lipidlar — trigliseridlar va fosfatidlar holida o’tadi. Trigliserid holida ko’pgina o’simliklar moyi va hayvonlar yog’ida, masalan, soya, paxta, kungaboqar, zig’ir, nasha urug’i moyi, kit yog’ida 40-60% gacha bo’ladi.