Lipesk
Lipesk — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1779 yildan), Lipesk viloyati markazi. Voronej daryosi sohilida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 477,7 ming kishi (1998). Qora metallurgiya (Novolipesk metallurgiya kombinati, quvur zavodlari), mashinasozlik (traktorsozlik, metall qirquvchi stanoklar ishlab chiqarish), kimyo (mineral o’g’itlar), oziq- ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2 oliy o’quv yurti, 2 teatr, 2 muzey (jumladan, o’lkashunoslik muzeyi) mavjud. Balneo-balchiq kurorti (1803 yil asos solingan) joylashgan. Lipesk 13-asr solnomalarida tilga olingan.