Lipman Fris Albert
Lipman Fris Albert (1899.12.6, Kenigsberg, hozirgi Kaliningrad — 1986) — amerikalik biokimyogar. AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1950 yildan). Asosiy ilmiy ishlari to’qimalardagi moddalar almashinuviga oid. Uglevodlar metabolizmida fosfatlar fosfat guruhlarini yo’qotib, nisbatan oz, ba’zan ko’p miqdorda energiya ajratib chiqarishi mumkin. Shunga asoslanib energiyasi kam va energiyaga boy fosfatlar mavjudligini, ular har qaysisining tavsifli strukturasini aniqladi. Kabutar jigaridan fermentativ reaktsiyalarda asil guruhlarini tashishda ishtirok etadigan birikmani ajratib oldi va unga A konforment deb nom berdi (1947), uning tuzilishini tekshirdi va biologik rolini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1953).