Lipoproteidlar, litoproteinlar
Lipoproteidlar, litoproteinlar (roH.lipos — yog’va proteidlar) — tarkibida lipidlar bo’lgan murakkab oqsillar guruhi. O’simlik va hayvon organizmidagi barcha biologik membrana, plastinkasimon strukturalar tarkibida (nervlarning mielin qobig’ida, o’simliklarning xloroplastlarida, ko’z to’r pardasi reseptor hujayralarida) va erkin holda qon plazmasida bo’ladi. Lipoproteidlar kimyoviy tuzilishi hamda tarkibidagi lipid va oqsil komponentlari nisbatiga ko’ra bir-biridan farqqiladi. Qonda Lipoproteidlar miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega.