Lipskomb Uilyam Nann
Lipskomb Uilyam Nann (1919. 9.12, Klivlend) — amerikalik fizik- kimyogar, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1961 yildan). Garvard universiteti professor (1959 yildan). Asosiy ilmiy ishlari molekulalarning fazoviy va elektron strukturalari orasidagi bog’lanishni, ularning fizik, kimyoviy va biologik xossalari orasidagi bog’lanishni o’rganishga ionlaridagi 2 ta bor ionini ikkita uglerod atomlariga almashtirib karboranlar olish mumkinligini isbotlagan (1961). Past temperaturali rentgen strukturaviy analiz usulini rivojlantirgan. Fermentativ katalizni tadqiq qilgan. Nobel mukofoti laureati (1976).