Liradumlilar, lira qushlar

Liradumlilar, lira qushlar (Minuridae) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 1 urug’i, 2 ta turi ma’lum. Janubiy-Sharqiy Avstraliya o’rmonlarida yashaydi; 1934 yildan Tasmaniyaga keltirilgan. Uzunligi 75-130 santimetr (dumi bilan birga). Yerda hayot kechiradi, daraxtlar shoxida tunaydi. Nari yaxshi sayraydi, har xil tovushlar, jumladan, hayvonlar ovoziga taqlid qila oladi. Yerga uya qurib, 1 ta tuxumini 6-7 hafta bosib yotadi. Jo’jalarini faqat modasi boqadi. O’rmon to’shalmasini oyog’i bilan titkilab, chuvalchanglar, hasharotlar va umurtqasiz hayvonlarii topib oziqlanadi.