Litoral yotqiziqlar
Litoral yotqiziqlar — dengiz yoki okean suvining ko’tarilish-qaytish zonasining yotqiziqlari (litorallar). Tarkibi bo’yicha xilma-xil: turli darajadagi tabiiy silliqlangan valunlar, shag’al, qum, balchiqli cho’kindilar, ba’zida organik qoldiqlarning katta miqdori borligi kuzatiladi. Hozirgi Litoral yotqiziqlar faqatgina tor zona chegarasida uchraydi. Qadimgi Litoral yotqiziqlar qirg’oqchiziqlarining siljishi natijasida shakllangan. Dengiz transgressiyalari vaqtida Litoral yotqiziqlar dengiz yotqiziqlarining boshqa tiplari ostida ko’milib qolgan. Turli genezisdagi nisbatan qadimgi jinslarning keskin yuvilgan yuzasiga cho’kkan holda kesimlarda quruqlik yotqiziqlarida yaxshi saqlanadi. Litoral yotqiziqlar bilan dengiz va okean sohillari sochmalari (monasit, kassiterit va boshqalar) ham bog’liq.