Lizis

Lizis (Liz…) — 1) kasallikning asta-sekin tuzala borishi; bunda yuqori haroratdagi gavda temperaturasi sekin pasayib, kasallikning boshqa belgilari ham yo’qola boradi (kr»zmsning aksi). Ko’pgina infektsion kasalliklar (ich terlama, brusellyoz, skarlatina va boshqalar)ga xos; 2) fermentlar, bakteriolizinlar, bakteriofaglar, antibiotiklar va boshqa omillar ta’sirida hujayralar, jumladan, mikroorganizmlarning yemirilishi, to’qimalar strukturasining buzilishi.