Log’on (lyakon) svitasi

Log’on (lyakon) svitasi (Isfara yaqinidagi qishloq nomidan) — Fargona neft-gaz provintsiyasiga mansub stratigrafik bo’linma, quyi bo’r qatlamlarining alb yarusida joylashgan. Bu svita stratigrafiyasi bilan o. M. Akramxo’jayev va M. S. Saydaliyeva shug’ullangan. Svita yotqiziqlari oqish, kulrang va pushti ohaktoshlardan iborat. Ba’zi joylarda ohaktoshlar dolomitlashgan. Ular orasida oz miqsorda qizil gil va alevrolit qatlamlari uchraydi. Andijon guruh konlarida gil aralash qumtoshlardan tashkil topgan. Qumtoshlar mayda donali, yashil rangli. Qalinligi Isfara yaqinida 63 metr, Quvasoyda 59 metr, So’xda 25 metr, Andijon guruh sturukturalarida 80-95 metr, Qoraolmada 212 metr, Qurshob botig’ida 161 metr va hokazolar.