Lorents (Lorentz), Lorentsxendrik Anton

Lorents (Lorentz), Lorentsxendrik Anton (1853.18.7, Arnem — 1928.4.2, Xarlem) — golland nazariyotchi fizigi. Leyden universitetini tugatgan (1872), shu universitet professor (1878 — 1923), Xarlemdagi Teylor instituti direktori (1923 yildan). Ilmiy ishlari nazariy fizikaga oid. J. K. Maksvellttt elektromagnit nazariyasiga asoslanib, elektron nazariyani yaratgan, ko’pgina elektr va optik hodisalarni, xususan, Zeeman effektini tushuntirib bergan; yorug’lik dispersiyasini, yorug’likning sinish ko’rsatkichi va qutublanuvchanligi orasidagi bog’lanishni aniqlagan; elektromagnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga ta’sir etuvchi kuch (Lorents kuchi) ifodasini keltirib chiqargan; Lorents — harakatdagi muhitlar elektrodinamikasi asoschisi. Nisbiylik nazariyasi asosida yotgan va uning nomi bilan ataladigan koordinatalarni almashtirishni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1902; P. Zeeman bilan hamkorlikda).