Lotaringiya
Lotaringiya (Lorraine) — Sharqiy Frantsiyadagi tarixiy viloyat. Mozel daryosi havzasida joylashgan. Lotaringiya hududida Myort va Mozel, Myoz, Mozel, Vogez departamentlari joylashgan. 23,5 ming km2. Aholisi 3,3 million kishi (1990- yillar o’rtalari). Bosh shaharlari — Nansi va Mes. 9-asrda Lotaringiya — Qirollik (Reyn daryosining quyi va o’rta havzalari), 10- asr — 1766 yilda (tanaffus bilan) — gersoglik. 1766 yildan Lotaringiyaning hamma hududi Frantsiya tarkibiga kirgan, (1790 yilgacha viloyat maqomida). 1871 yil Sharqiy Lotaringiya Germaniya tomonidan zo’rlik bilan egallab olingan. 1919 yil Frantsiyaga qaytarib berilgan. 1940 yil Germaniya yana bosib olgan, 1944 yil ozod etilgan.