Lotaringiya qirlari, lota ringiya platosi
Lotaringiya qirlari, lota ringiya platosi — Frantsiyaning shim.- Sharqiy qismidagi qirlar, Parij qavzasining Sharqiy chekkasi. Sharqdan Vogezi, Ardenna tog’lari, g’arbdan shampan tekisliklari, Janubdan Langr platosi bilan chegaralangan. Mezozoy ohaktoshlaridan tuzilgan asimmetrik kuestali qator tepalardan iborat bo’lib, balandligi 350-400 metr. Lotaringiya qirlari daryolar bilan bo’lib yuborilgan. Kirlar dub va qoraqayin o’rmonlari bilan qoplangan. Daryo vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Chorvachilik rivojlangan, tokzorlar bor. Temir rudasi va tosh tuzining yirik konlari topilgan.