Luisvill

Luisvill — AQShning Sharqiy qismidagi shahar. Kentukki shtatida. Aholisi 256,2 ming kishi (2000). Yirik savdo va sanoat markazi. Transport yo’llari tuguni. Ogayo daryosi bo’yidagi port, temir yo’l stantsiyasi. Mashinasozlik (elektrotexnika, qishloq xo’jalik mashinasozligi, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish), poligrafiya, kimyo sanoatlari, tamaki, vinochilik rivojlangan. Mebel, harbiy, metallsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Tamaki va zotli otlar savdosining yirik markazi. Shaharga 1778 yilda asos solingan.