Luson

Luson — Filippin arxipelagidagi eng katta orol, Tinch okeanda. Maydoni 105,6 ming km2. Relefi, asosan, o’rtacha balandlikdagi tog’, eng baland joyi 2934 metr (Pulog tog’i) va sohilbo’yi tekisliklaridan iborat. G’arbiy va Janub qirg’oqlari parchalangan, qulay qo’ltiq va buxta ko’p. Harakatdagi vulkanlar bor. Foydali qazilmalardan oltin, xromit, temir va mis rudalari uchraydi. Iqlimi subekvatorial, mussonli. Yiliga 3000 mm gacha yog’in yog’adi. Tez-tez tayfunlar bulib turadi. Tog’lari doim yashil subekvatorial o’rmonlar bilan qoplangan, tekisliklarda savannalar uchraydi. 10 dan ortiq milliy park tashkil etilgan. Sohil qismi va vodiylarda aholi zich joylashgan. Qishloq xo’jalik ekinlaridan sholi, makkajo’xori, tamaki, qand lavlagi ekiladi. Kokos palmasi o’stiriladi. Lusonda Keson-Siti, Manila shaharlari, AQShning yirik harbiy bazalari joylashgan.