Lyaonin
Lyaonin — Xitoyning shimoliy- Sharqiy qismidagi provintsiya. Janubdan sariq dengiz o’rab turadi. Maydoni 151 ming km2. Aholisi 41,57 million kishi (1998). Ma’muriy markazi — Shenyan shahri. Yer yuzasi o’rqirli (30% maydoni tekislik), sharqida tog’li. Iqlimi mussonli iqlim, yozi issiq va sernam, qishi sovuq, qor kam yog’adi. Yiliga 500-1000 mm gacha yog’in yog’adi. Asosiy daryosi — Lyaoxe. Tog’lar keng bargli va igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan, tekislik qismi dasht. Lyaonin — mamlakatning muhim sanoat rayonlaridan. Konchilik sanoati (toshko’mir, yonuvchi slanes, temir rudasi, rangli metall rudalari olinadi), kora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, vagonsozlik, elektrotexnika buyumlari, kon sanoati jihozlari, stanoklar, traktorlar ishlab chiqarish) rivojlangan. Kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Shenyan, Anipan, Bensi, Fushun. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik yetakchi o’rinda. Bug’doy, sholi, makkajo’xori yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan paxta, kanop, tamaki, yer yong’oq ekiladi. Ipakchilik rivojlangan. Baliqovlanadi. Tuz olinadi. Asosiy portlari — da- Lyan, Inkou.