Lyublyana universiteti, Edvard Kardel nomidagi Lyublyana universiteti
Lyublyana universiteti, Edvard Kardel nomidagi Lyublyana universiteti — Sloveniyadagi eng yirik va qadimgi universitet. 1595-96 yillarda tashkil etilgan. 1919 yildan universitet maqomini olgan. Huquq, falsafa, iqtisodiyot, tabiiy fanlar va texnologiya, me’morlik, fuqaro qurilishi va geodeziya, elektrotexnika, mexanika, tibbiyot, biotexnologiya, sosiologiya, siyosiy fanlar va jurnalistika bo’yicha mutaxassisliklar tayyorlaydi. 13 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1974 yil tashkil etilgan) da 1 milliondan ortiq asar saqlanadi.