MAARRIY

MAARRIY, al-Maarriy Abulalo Ahmad ibn Sulaymon at-Tanuxi (973— Suriya, Maarratun Nu’mon — 1057 yoki 1058) — Arab shoiri va mutafakkiri. Lirik («chaqmoqtosh uchqunlari» to’plami va unga yozilgan Sharq — «uchqunlar yog’dusi») va falsafiy («luzum mo Lam yalzum» — «lozim bo’lmaganning lozimligi» to’plami) she’rlar, «Risolat ulg’ufron» («afv haqida maktub»), «Risolat ulmaloika» («farishtalar haqida maktub»), «Arosat haqida maktub» kabi nasriy asarlar, Mutanabbining «Ahmad mo’jizasi» nomli devoniga yozilgan sharh, «yo’lda tashlab ketilganlar» hikmatli so’zlar to’plami muallifi. Maarriyning aksar asarlarida insonparvarlik va oqilona mulohazakorlik, jamiyatga tanqidiy qarashlar ustunlik qilsa, ba’zi asarlarida umidsizlik, pessimizm ruhi sezilib turadi. Maarriy o’z asarlarini kinoya, qochirim kabi usullardan foydalanib, murakkab tilda yozgan. Ad.: Krachkovskiy I. Yu., Izbr. soch. t. 1-2, M. — L., 1955-56.