Mablag’ ajratish (mablag’ bilan ta’minlash)
Mablag’ ajratish (mablag’ bilan ta’minlash) – tashkilot va korxonalarni, turli iqtisodiy loyihalarni moliyaviy resurslar (pul mablag’lari) bilan ta’minlash. U tashkilot va korxonalarning o’z mablag’lari, ham davlat manbalari, barcha darajadagi byudjetlar, kredit mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Agar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni moliyalashtirish davlat tomonidan bo’lsa, bu ularning joriy faoliyatini amalga oshirish uchun turli shakldagi mablag’larni tekin va qaytarib olinmasdan ta’minlashni nazarda tutadi.