MADANIY-MA’RIFAT ISHI
MADANIY-MA’RIFAT ISHI — keng ommani madaniy va ma’rifiy tar- biyalash, ularning umumiy madaniy savi- yasini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo’sh vaqtlarini ko’ngilli o’tkazishga ko’mak beruvchi tad- birlar tizimi. M.-m.i. mazmuni, vazifa — si, maqsadi har bir davrning ijtimo- iy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy xususiyatlariga bog’liq, holda shaklla- nib rivojlanadi. M.-m.i. keng ma’noda o’quv muassasalaridan tashqarida in- sonning madaniy va ma’naviy o’sishiga ko’maklashuvchi barcha ishlar (klub tash- kilotlari, ommaviy kutubxonalar, mada- niyat va istirohat bog’lari faoliyati)ni qamrab oladi, muzey, kinoteatr, teatr va b. muassasalar ishlari, shuningdek, radio va televidenie muhim o’rin tutadi. M.- m.i. muassasalarining keng tarmoqlari yaratilib, ularning usishi va takomilla- sha borishi b-n unga rahbarlik jarayoni ham o’zgarib boradi. Dunyoqarashni shak- llantirish tarbiyasi, axloqiy tarbiya, iqtisodiy bilimlarning ilmiy texni- kaviy tashvikrt va targ’iboti, estetik va jismoniy tarbiya, badiiy havaskorlik, madaniy dam olishni tashkil qilish ka- bilar M.-m.i. faoliyatining turli Yuna- lishlaridir. M.-m.i. shakllari muntazam rivoj- lanadi va takomillashib boradi: klub muassasalarida an’anaviy shakllar (suhbat, ma’ruza, voizxonlik, spektakl, kontsertlar) b-n birga mavzuli kechalar, kitobxonlar konferentsiyalari va b. tad- birlar uyushtiriladi, xalq un-tlari, ki- nolektoriylar va b. tashkil qilinadi. Bunda badiiy havaskorlik muhim o’rin tutadi, xalq teatrlari, yoshlar tashkilo- ti va b. jamoat tashkilotlari (yozuvchi- lar, kompozitorlar, rassomlar, kinema- tografchilar, xor jamiyatlari, tarixiy va madaniy yodgorliklarni himoya qilish va sh.k. tashkilotlar) katta M.-m.i.ni amalga oshiradi. M.-m.i. bo’yicha mutaxassislar ma- daniyat in-tlari, oliy kasaba uyushmasi maktablari, madaniy-ma’rifiy kutub- xonachilik o’quv yurtlarida tayyorlanadi. O’zbekiston hududida hoz. mazmunda- gi M.-m.i. 20-a. 20-y.laridan, ya’ni IDE- ologik faoliyatning mustaqil sohasi sifatida vujudga kelishi va rivoj- lanishi b-n bog’liq holda boshlangan: davr xususiyatidan kelib chiqqan holda madaniy-ma’rifiy muassasalarning faoliyati umumta’limiy vazifalarni, fan, san’at va axloqni takomillashti- rish, kasbiy ta’limni yo’lga qo’yish, milliy madaniyatni rivojlantirishga qaratildi. Dastlab M.-m.i. olib borish- ning tayanch shoxobchasi sifatida choyxo- nalar, keyinchalik klublar tashkil eti- la boshlandi (1918 y.da dastlabki ishchi klubi va 1924 y.da birinchi xotinqizlar klubi Toshkent sh.da ochilgan); klublar- da targ’ibottashviqot ishlari, savodsiz- likni tugatish borasidagi ishlar, mil- liy bayramlarni o’tkazish bo’yicha ish- lar olib borilgan. Kutubxonalar, sayyor truppalar, ko’chma kontsert va kinosean- slar, karnaval tomoshalari, kechalar va b. tashkil etilgan. 1914 y.da Toshkentda «Turon» teatr truppasi tuzilgan, 1918 y.dan Mannon Majidov (Uyg’ur) bu trup- paga rahbarlik qilgan. O’zbekiston mustaqillikka erish- ganidan so’ng M.-m.i. ning yangi tako- millashgan tizimi shakllandi. Bunda O’zbekiston muzeylari, madaniyat uy- lari va saroylari, kutubxonalar, ma- daniyat va istirohat bog’lari ommaviy muassasalar bo’lib, ular millionlab aholi uchun madaniy xizmat ko’rsatadi. Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat markazi» (1994) tashkil etildi va uning vilo-yatlar, tumanlar va shaharlardagi bo’limlari ishga tushirildi. Markazga Respublika ma’naviyat va ma’rifat ken- gashi rahbarlik qiladi. M.-m.i.ni yanada rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish borasida bir qator choratadbir- lar amalga oshirildi. Respublikaning barcha viloyatlari, yirik shaharlari va tumanlarida ish olib borayotgan mada- niy-ma’rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil bayramlari, «Mustaqillik», «Navro’z», «Mehrjon» bayramlari, «Sharq taronalari» xalqaro festivali, xonandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining ko’rik tan- lovlari, «O’zbekiston Vatanim manim» qo’shiq konkursi va b. ko’rik tanlovlar o’tkazilmoqda. Hoz. kunda barcha M.-m.i.ning yo’nalishi har bir kishiga milliy istiqlol g’oyasini, milliy mafkurani singdirish, barkamol insonni voyaga et- kazish, vatanarvarlik, mehr-oqibat, imo- nu e’tiqodni tarbiyalashga qaratilgan. Zuhra Berdieva.