MADHYA-PRADESH

MADHYA-PRADESH — Hindistonning Markaziy qismidagi shtat. Mayd. 308 ming km2. Aholisi 60,4 mln. kishi (2001); 90% aholisi hind tili va unga yaqin tillarda, qolgan qismi Marathi va rojastoni kabi til- larda so’zlashadi. Ma’muriy markazi — Bhopal sh. M.-P. hududi mil. AV. 3-2-a.larda Mauriyalar kuldorlik davlati tarkibida bo’lgan. Mil. boshlaridan 14-a.gacha bir qancha davlatlar, 15-a.da Bahmaniy sul- tonligi viloyati edi. 16-a. oxirlaridan Boburiylar qo’l ostiga o’tdi. 1818 y.da Ost-Indiya kompaniyasi egalladi. 1956 y.dan Hindiston shtati. 2000 y. noyab. oyida yangi Chxattisgarx shtatini tuzish maqsadida M.-P. xududining bir qismi ajratib olindi. Shtatning er yuzasi yassitog’lik va past tog’lardan iborat. Eng baland joyi 1353 m. Shim. qismi Hind-Gang tekisli- giga tutashgan. Iqlimi tropik, musson- li ikdim, shim.-g’arbida quruq, Jan. va Jan.-sharqida sernam. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 17-24°, iyulniki 27-29°. Yil- lik yog’in 700-1600 mm. Daryolari se- rostona; eng yirik daryosi — Narbada. Shtat hududining 1/3 qismi o’rmon, tik, sal kabi qimmatbaho yog’ochli daraxtlar usadi. M.-P. sanoati tez rivojlanayotgan agrar shtat. Aholisining 75% q.x.da band. Asosan, tariq, bug’doy, sholi, paxta, moyli o’simliklar ekiladi. Ipak qurti boqiladi. M.-P.da marganes va temir ru- dalari, boksit, kumir, o’tga chidamli gil qazib olinadi. Pannada mamlakatda Yago- na olmos koni mavjud. Issiklik elektr st-yalari bor. Ishlab beruvchi sanoati- ning qad. va asosiy tarmog’i — ipgaz- Lama sanoati. Shuningdek, metallurgiya, neft kimyosi, elektronika, avtomobil- sozlik, oziq-ovqat sanoati korxonala- ri, yirik qog’oz f-kasi, oyna-kerami- ka, tsement, asbest-beton z-dlari bor. Hunarmandchilikda mato, o’ymakorlik buyumlari tayyorlanadi. Shtat xududidan yirik shosse yo’llar va Hindiston shim. ni uning Jan. qismi b-n bog’lovchi t.y. o’tgan.