Mafkura

Mafkura (Arab. — fikrlar maj- mui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatla- ri, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish ti- zimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topa- Di. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman M.lar bo’lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuch- larning g’oyaviy rahnamolari, mutafak- kir va arboblari o’zlarining manfaat va MAK,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday M. jamiyatda yangi paydo bo’lgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi g’oyaviy tizim si-fatida Vu- judga keladi va, asosan, qu-yidagi vazi- falarni o’z oldiga qo’yadi: muayyan g’oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga Sing- dirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; ko’zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni sa- farbar etish; ularni ma’naviyruhiy rag’batlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni g’oyaviy tarbiyalash va mafkura- viy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va g’oyaviy ta’sirlardan himoya qilish va sh.k. M. muayyan falsa- fiy, diniy ta’limotlar asosida yarati- ladi, ma’lum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. M. o’z mohiyati va ta’sir kuchiga ko’ra, jamiyatni birlashti- rishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga bo’lib yuborishi, davlatning jahondagi obro’va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko’tarishi yoki tanazzulga du-chor eti- shi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyod- kor g’oyalarga asoslangan M. ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotga turtki bo’ladi, ma’naviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulug’vor ishlarga safarbar etadi. Ozod- lik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik g’oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan M. bunyodkorlik xususi-yatiga ega bo’ladi. Hukmronlik, mustabidlik, Tajo- vuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik g’oyalari asosida shak- llangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan M. vayronkorlik xususiyatiga egadir. M.ning diniy, dunyoviy, milliy, si- yosiy va b. ko’rinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari er- kinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik kabi g’oyalarga asoslangan M.ga tayanmoqda. Yana q. Milliy mafkura. Ad.: Karimov I.A., O’zbekiston: mil- liy istiklol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996; Barkamol avlod orzusi, T., 1999. Hiyom Nazarov.