MAGDALENA

MAGDALENA — Kolumbiyadagi Daryo. Uzunligi 1540 kilometr, havzasining maydoni 260 ming kilometr kvadrat. Markaziy Kordilera tog’laridan boshlanib, quyi qismida Karib bo’yi pasttekisligidan oqadi va Barrankilya shahri yaqinida Karib dengiziga quyiladi. O’rta oqimida serostona. Asosiy irmoqlari: Kauka va San-Xorxe (chapdan). Yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Suv sarfi 8-10 ming metr kub/sekund. Barrankilya shahridan La-Dorada shahrigacha (800) muntazam kema qatnaydi. Magdalenaning quyi qismidan Kartaxena portigacha kanal qurilgan.