MAGISTRATURA

MAGISTRATURA (lotincha magistra — tus — boshliq) — 1) qadimgi Rimda davlat lavozimi; 2) ayrim davlatlarda sud mahkamalari tizimi; 3) ko’p davlatlarda oliy ta’lim bosqichi; 4) O’zbekistonda aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’lim. Magistrlik dasturini tugallab, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgandan so’ng, bitiruvchilarga davlat malaka attestatsiyasi yakunlariga ko’ra magistr darajasi berilib, ularga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasbhunar va ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. O’zbekiston Respublikasida Magistraturani birinchi marta 2001 yil 1828 kishi bitirib chiqdi.