Magneto

Magneto — o’zgaruvchan tok magnitoelektr generatori; ichki yonuv dvigatellarida yonilg’i aralashmasini o’t oldirish uchun elektr uchquni hosil qilib beradi. Magnetoning ishlash tarzi past kuchlanishli elektr toki hosil qilib, uni yuqori kuchlanishli tokka aylantirishi va ko’p tsilindrli ichki yonuv dvigatellarida bu tokni tsilindrlarning ishlash tartibiga muvofiq svechalarga taqsimlashi hamda svecha elektrodlari orasida elektr razryad hosil qilishidan iborat. Magneto porshenli aviasiya dvigatellarida, ba’zi turdagi motosikllarda, qayiqlarning osma dvigatellari va boshqalarda ishlatiladi. 20-asr 60-yillaridan ishlatilmaydi.