Magnit milining og’ishi
Magnit milining og’ishi — biror nuqtadan o’tgan haqiqiy va magnit meridianlari orasida hosil bo’ladigan burchak; yerning geografik va magnit qutblari bir nuqtada yotmasligi tufayli sodir bo’ladi. Magnit milining shimoliy uchi haqiqiy meridianga nisbatan sharqqa og’sa, Magnit milining og’ishi musbat (Sharqiy), g’arbga og’sa Magnit milining og’ishi manfiy (g’arbiy) hisoblanadi. Magnit milining og’ishi vaqt bilan bog’liq o’zgarib turadi. O’zgarish kunlik (15 minut atrofida), yillik (8 minut atrofida) va asriy bo’ladi. Bunda og’ishning to’la o’zgarishi 4 asrdan ortiqroq davrda amalga oshib, o’nlab gradus qiymatni tashkil etadi. Topografik xarita varag’ida tasvirlangan hudud uchun Magnit milining og’ishining o’rtacha qiymati xarita varagining Janub ramkasidan tashqarida yozib keltiriladi.