MAGNITOSTRIKTSIYA
MAGNITOSTRIKTSIYA (magnit va lotincha strictio — qisilish, taranglashish) — kristall jismning magnitlanganda o’lcham va shakllari o’zgarishi; kristall panjaraning magnit maydonida energetik holatining, shuningdek, panjaradagi tugunlari orasidagi masofaning o’zgarishiga olib keladi. Ferro-va Ferrimagnetiklarda zarralarning magnitli o’zaro ta’siri juda yuqori bo’lgani uchun Magnitostriktsiya eng katta qiymatga erishadi. Magnitostriktsiya hodisasiga teskari hodisa Villari effekti hisoblanadi.