Magniy rudalari
Magniy rudalari — tarkibida iqtisodiy jihatdan samarali miqdorda magniy bo’lgan va uni texnik jihatdan ajratib olish mumkin bo’lgan tabiiy mineral tuzilmalar. Magniy 100 dan ortiq jins hosil qiluvchi minerallar tarkibida uchraydi. Eritma holatidagi dengiz suvlarida cheklanmagan resurslari mavjud. M.r.ga brusit (tarkibida Mg 42% gacha), forsterit (34,6%), magnezit (29%), serpentin (26% gacha), kizerit (18% gacha), bishofit (12%), kainit (10%), karnallit (8,7 %), astraxanit (7,3%), poligalit (4,8%) va b. kiradi. Dolomitlar M.r. sifatida tasniflanmaydi, birok, ulardan namakob va dengiz suvi b-n birgalikda magnit birikmalarini olish uchun foydalaniladi. M.r.ning asosiy minerallari cho’kindili kelib chiqishga ega, ikkinchi darajalilari esa nurash va metamorfizm jarayonida yuzaga keladi. Sanoat ahamiyati bo’yicha magnezitlarning uchta: lagunadengiz, giperbazitlarning nurash pusti va kul tipi arjatiladi. M.r. turli geologik davrlarda iqlimning sernam va qurg’oqchil sharoitlarida vujudga kelgan va to’planib borgan. Magnezitning asosiy konlari kembriygacha bo’lgan davrga mansub. Yuqori paleozoy Laguna magnezitlari Evropada keng tarqalgan. Magnezitli va brusitli rudalar, odatda, ochiq usulda, nurash pusti magneziti va xloridli rudalar esa er ostidan qazib olinadi. Qayta ishlash usullari ham ruda tipiga bog’liq holda bir-biridan farq qiladi. Magnezitli tuzlarning er osti suvlari ta’sirida yuvilib ketishi natijasida tabiiy sho’r suvlar va sho’r suvli buloqlar hosil bo’ladi. Hoz. tuz konlari (sho’r suvlar ularning cho’kindilari) yopiq qo’ltiklarda (Qorabo’g’ozgo’l) va quruqlikdagi berk qavzalardagi ko’llarda vujudga keladi. Magniy dengiz suvidan ham olinadi. M.r. minerallari, asosan, o’tga chidamli va surkov materiallari sifatida ishlatiladi. O’zbekistonda magniy minerallarining katta kontsentrasiyalari mavjud bo’lib, ulardan keng foydalaniladi (Olmaliq, Kumushkon, Tomdibuloq va h.k.).