Mahr
Mahr-musulmon xalqlarida nikoh paytida kuyov tomonidan kelinga sovg’a qilinadigan ko’chmas mulk, pul yoki sovg’a. Odatda, mahr uchun bir uy, ayvon, unga barobar sahn bilan hovli, sog’in sigir va boshqa narsalar beriladi. Mahr imom huzurida ikki erkak guvohligida e’lon qilingach, nikoh o’qilgan. Mahr berish odati Qur’oni Karim asosida shariatda qonunlashtirilgan.