MAKLER

MAKLER (nemischa Makler) — sotuvchi va xaridor o’rtasidagi vositachi; tovarlar, qimmatli qog’ozlar, xizmatlar va boshqalar oldi-sotdisida vositachilik qiladigan shaxs. Birja Maklerlari birja xodimlari tarkibiga kiradi, tovar sektsiyalarida savdo qiladi. Birja a’zolari bo’lgan ayrim Maklerlar o’z hisobidan qimmatli qog’ozlarni sotib oladi va sotadi, xaridor va sotuvchi brokerlarining oldi-sotdi bo’yicha og’zaki kelishuvlarini ro’yxatga oladi. Makler kelishuvda qatnashgan tomonlarning har biridan oldisotdi qiymatining muayyan foizi miqdorida xaq oladi.