Malhamchilar

Malhamchilar (Meloidae) — qattiq qanotli hasharotlar turkumiga mansub qo’ng’izlar oilasi. O’rta Osiyo- da 20 dan ortiq turi tarqalgan. Tanasi cho’zinchoq, 8-30 mm, kizil, sariq va qora tusda. Odatda, ikki biqinidan birmuncha qisilgan; mo’ylovlari to’g’nog’ichsimon, bo’g’imlarga bo’lingan. Tuxumini erga qo’yadi. Lichinkalari chigirtka yoki ari- larning inida yarim parazitlik b-n yashab, gipermetamorfoz yo’li b-n ri- vojlanadi. Voyaga etganlari o’simlik b-n ovqatlanadi. Qo’ng’izlari turli q.x. ekinlariga zarar keltiradi. Beda, kar- toshka, lavlagi va b. ekinlarga qizil- bosh shpankanit zarari katta. Zararku- Nanda uncha katta bo’lmagan uchastkalarda, odatda, barcha bargni dog’shaklida eydi. M. qonida hasharotxo’r hayvonlardan himoyalaydigan zaharli modda — Kan- taridin bor. Qizilbosh shpanka axlati b-n ifloslangan beda hayvonlar uchun zararli, chunki unda oz mikdorda bo’lsa ham kontaridin bor. M. qoni odamning badaniga tushsa yara qiladi. Bir xil tur- laridan tibbiyotda malham tayyorlanadi. Kurash choralari: karbofos (1 — 1,5 kg/ ga), fozalon (1,5— 2 kg/ga), sumisidin (0,4—0,5 kg/ga), ripkord (0,5—0,20 kg/ga) va b. insektisidlar purkash. Najmiddin Mahmudxo’jaev.