Malikboeva Erkli Vohidovna

Malikboeva Erkli Vohidovna (1928.16.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1971). Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1950). 1949 y.dan Hamza teatri (hoz. O’zbek milliy akademik drama teatri)da. Ijodining dastlabki yillari mumtoz va zamonaviy dramaturgiyada chuqur lirik obrazlar — Ofeliya («Gamlet»), sarvi- noz («Sevgi afsonasi»), Nazira («og’riq tishlar»), Xannyan («sabr kosasi») va b.ni mahorat b-n ijro etdi. Umesh («Gang daryosining qizi»), Umar («Jazoir me- ning Vatanim») kabi o’g’il bolalar obra- zida M. ijodining yangi qirralari Ochil- Di. Qahramonlarining o’ziga xos ichki du- nyosi, his-tuyg’ularini turli harakatlar, mimika, o’ziga xos talaffuz orqali isho- narli talqin etdi. Shuningdek, Anor- xon («Hurriyat»), Xadicha («sarvqomat dilbarim»), Elizaveta («Mariya Styu- Art»), Silviya («zamon dramasi»), Oysha («Imon»), Anna («tirik murda»), Sotti- xon («Kelinlar qo’zg’oloni») singari ob- razlari to’laqonliligi, badiiy etukli- gi b-n ajralib turadi. Qahramonning ichki yoki tashki qiyofasini ochishda unga xos asosiy xislatni asos qilib olgan holda uning tabiatiga moslab betakror talqin tafsilotlarini topishi va na- tijada bir-biriga o’xshamagan inson qiyofalarini namoyon qilish M. ijodiga xos.