Malina
Malina, buldurg’un (Rubus) — ra’noguldoshlar oilasi Rubus turku- miga mansub ko’p yillik chala butalar; rezavor meva. M.ning 120 yovvoyi turi bo’lib, Evrosiyoning mo»tadil va sub- tropik mintaqalarida keng tarqalgan. M.ning madaniy navlari oddiy yoki qizil (R.idaeus), dag’al tukli yoki Ameri-ka M.si (R.strigosus), g’arbiy yoki maymun- jonsimon M. (R.occidentalis) va b. turla- ri uchraydi. O’rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSh va Evropa mamlakat- larida o’stiriladi. Ildizi ko’p yillik, poyasi ikki yillik. Butasi bal. 1 — 1,5 m, barglari toq patsimon, murakkab, ketma-ket joylashgan. Gullari ikki jin- sli, o’zidan changlanadi. Mevasi qizil, ba’zan sariq. O’zbekistonda may oxiri — iyun boshidan pisha boshlaydi, re- montantli (bir mavsumda qayta yoki ko’p marta gullab, hosil beradigan) navlari avg.ning 2-yarmida ikkinchi marta meva tugadi. Mevasi tarkibida 5,7—11,5% qand, 1-2% organik kislotalar, 9,1 — 44 mg% S vitamini hamda V guruhi vitaminlari, karotin, xushbo’y modda- lar mavjud. Mevasi, asosan, yangiligida eyiladi, konserva sanoatida qiyom, jem, sharbatlartayyorlanadi. Quritilgan me- vasi (damlamasi) tibbiyotda terlatuvchi dori sifatida, sharbati suyuq dorilar ta’mini yaxshilashda ishlatiladi. M. ildiz bachkilari, ildizi va qalamchalaridan ko’paytiriladi. Ko’chati o’tqazilgach, 2-yili hosilga kiradi. O’zbekistonda M. simbag’azlarga ko’tarib o’stiriladi. Hosili tugagach, bir yillik novdalari qoldirilib, ikki yilliklari qirqib tashlanadi. M. oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi o’tkazadigan, er osti suvlari kamida 1,5 m chuqurlikda bo’lgan erlarda yaxshi o’sadi. M. ko’chatlari erta bahorda yoki kech kuzda qator oralig’i 1,5 m, tup oralig’i 50-70 sm sxema- da ekiladi. Yoz davomida qator oralari yumshatiladi. 10-12 marta sug’oriladi. Hosildorligi o’rtacha 80-120 ts/ga. O’zbekistonda M.ning Barnaul, Vislu- xa, Progress, Malboro navlari ekila- Di. Kasalliklari: oq dog’lanish, makro- sporioz, vilt va b. Zararkunandalari: qo’ng’izlar, bargxo’rlar, shilliqqurt, o’rgimchakkana, qalqondorlar. Kurash choralari: agrotexnika tadbir- larini o’z vaqtida o’tkazish, g’unchalash davrida va hosil yig’ishtirilganidan keyin 1% li kolloidli oltingugurt eritmasini purkash. Ad.: Kazakov I.V.,Kichina VV., Mali- na, 3 izd., M., 1985; Abdullaev R., Yagudi- na S., Tomorqada etishtiriladigan reza- vor mevalar, T., 1989. Jamoliddin Fayziev.