«MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT» Markazi

«MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT» Markazi, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat»markazi — respublika mada- niy-ma’rifat ishini olib boruvchi ja- moatchilik tashkiloti. 1994 y. 23 apr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning «Respublika «Ma’naviyat va ma’- Rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risida»gi farmoniga binoan tu- zilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent sh., barcha shaharlar va tumanlarda uning bo’limlari faoliyat yuritadi. 1999 y.da «M. va m.»m. ishiga bevosita rahbarlik qilish, uning ish- larini muvofiqlashtirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, VI- lo-yatlar, Toshkent sh., barcha shahar va tumanlarda bo’limlari bo’lgan Respu- blika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi (oliy organi — konferentsiya) tashkil qilindi; asosiy shiori — «jaholatga qarshi ma’rifat». O’zbekiston Respubli- kasi Bosh vaziri o’rinbosari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazir- lar Kengashi raisi, viloyat, shahar, tu- man hokimlari joylardagi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarining raislari hisoblanadi. Kengash targ’i-botchilar ro’yxatini tasdiqlaydi va ularni qo’llanma va tavsiyalar b-n ta’minlaydi, shuningdek, markaz ishini tashkil etib, faoliyat yo’nalishlarini belgilab bera- Di, ishlarini nazorat qiladi va b. «M. va m.»m. hamda Kengashning asosiy vazifasi jamoatchilik ongiga istiklol g’oyalarini singdirish, uning mustakil tafakku- rining yuksaltirishga ko’maklashish, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlod- da milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining nashri sifa- tida «tafakkur», «Jahon adabiyoshi» jur.lari chop etiladi; «Ma’naviyat» na- shriyoti, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi kabi jamg’armalar ham fao- liyat ko’rsatadi. «M. va m.»m. Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashi karor- lari va ko’rsatmalarini joylarda amalga oshiruvchi va targ’ibot, tashviqot tadbir- larini uyushtiruvchi tashkiliy guruxga aylantirildi (1999) va uning tarkibi- da targ’ibotchilarni muvofiklashtirish tashkiliy bo’limi, ma’naviyma’rifiy targ’ibot bo’limi, ijtimoiy-iktiso- diy targ’ibot bo’limi, ijtimoiysiyosiy, huquqiy targ’ibot bo’limi va b. bo’limlar faoliyat olib boradi.