Manganin
Manganin (lotincha manganum — marganes) — misning marganes (11,5 — 13,5%) va nikel (2,5 — 3,5%) bilan qotishmasi. Solishtirma elektr qarshiligi ancha yuqori (0,47 mkOmm). Barqarorlashtiruvchi yumshatishdan so’ng xona temperaturasida juda oz o’zgaradi. M.dan elektronika sanoatida, xususan, aniq asboblar ishlatiladigan sim va lentalar tayyorlanadi.