Manitoba
Manitoba — Kanadaning Markaziy qismidagi ko’l, Nelson daryosi havzasida. Maydoni 4,7 ming kilometr kvadrat, uzunligi 193 kilometr, eni 40 kilometrgacha. Eng chuqur joyi 20 metr. Manitoba qadimgi muzlik davridagi Agassis ko’lining qoldig’i. Dofin daryosi orqali Vinnipeg ko’liga oqadi. Baliqqa boy. Manitoba atrofi dam olish zonasi.