Manjuriya operasiyasi

Manjuriya operasiyasi — ik- kinchi jahon urushi davrida SSSRning Yaponiyaga qarshi o’tkazgan yirik Jan- govar operasiyasi (1945 y 9.8—2.9). Za- baykale fronti, 1 — va 2-uzoq Sharq fronti qo’shinlari (qo’mondonlar — so- vet Ittifoqi marshallari R. Ya. Mali- novskiy, K. A. Mereskov va armiya gene- rali M. A. Purkaev), tinch okean fronti (qo’mondon — admiral I. S. Yumashev), Amur harbiy flotiliyasi (qo’mondon — kontr-admiral N. V. Antonov) va Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) qo’shinlari (qo’mondon — MXR Marsha- li X. Choybalsan) b-n hamkorlikda uzoq Sharkdagi qo’shinlar bosh qo’mondoni so- vet Ittifoqi marshali A. M. Vasilev- skiyning umumiy qo’mondonligi osti- da shiddatli zarbalar b-n Yaponiyaning Kvantun armiyasi (qo’mondon o. Yamada) ning kuchli mudo-faasini engib va yurish qiyin bo’lgan joylar (tayga, tog’lar, shu jumladan, katta Xingan tizmasi) dan o’tib, Manjuriyaning muhim Mar- kazlariga etib bordilar. 19 avg.da yapon qo’shinlari yal-pisiga asir tusha boshla- dilar. Sovet qo’shinlarining M.o.dagi g’alabasi 2 sent.da Yaponiyani taslim bo’lishga majbur qildi va 2-jahon uru- shining tugashiga olib keldi.