MANSABDORLIK JINOYATLARI
MANSABDORLIK JINOYATLARI — mansabdor shaxs tomonidan uning mansab vakolati b-n belgilangan majburiyatlarini buzishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun b-n qo’riklanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamiyat manfaatlariga ko’p mikdorda zarar yoki jiddiy ziyon etkazi- lishi (ko’p miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo’lgan miqdordagi zarar- dir. Jiddiy ziyon — etkazilgan moddiy ziyonning xususiyati, ma’naviy ziyonning og’irligi, jabrlangan shaxslar soni va sh.k. holatlar hisobga olingan holda aniqlanadi). M.j. davlat hokimiyati, davlat xizmati, mahalliy hokimiyat va o’zini-o’zi boshqarish organlarining normal FA-oliyatiga tajovuz qiladi. M.j. mansabdor shaxsning mansab vako- latlari b-n belgilangan imkoniyatlar- dan foydalanib biror bir harakatni, o’z manfaatini ko’zlagan holda bajari- shi yoki bajarmasligi yoxud o’z vazifa va maj-buriyatlariga sovuqqonlik b-n mu- nosabatda bo’lishi orqali sodir etiladi. O’zbekiston Respublikasi JKda fuKa- rolarning murojaatlari to’g’risidagi, saylov yoki referendum o’tkazish b-n bog’liq qonun hujjatlarini, ekologiya xavfsizligiga oid normalar va tala- Blarni buzish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, man- sab vazifalariga nisbatan loqaydlik b-n munosabatda bo’lish, hokimiyat harakatsizligi, poraxo’rlik, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, sud qarorini bajarmaslik, qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish, ko’rsatuv berishga majbur qilish va sh.k. uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. M.j.ning ijtimoiy xavflilikdarajasi nihoyatda yuqoridir. Bunday jinoyatlar- ni sodir etish fuqarolarning qonuniy haq-xuquklarini buzishga, davlat va ja- moat manfaatlariga ziyon etkazilishiga olib keladi. Bu esa davlat hokimiyati organlarining FA-oliyatiga, davlatga hurmatsizlik, ishonchsizlik hissini paydo qiladi. Mirzayusuf Rustamboev.