Manselkya
Manselkya — Finlyandiyaning shimoliy va Sharqiy qismlaridagi hamda qisman Norvegiyaning shimoliy va Rossiya Federatsiyasi (Kareliya)ning g’arbiy qismidagi qirlar. Uzunligi 750 kilometr, eni 75 kilometrgacha. Qadimgi kristalli jinslardan tarkib topgan. Manselkyaning o’rtacha balandligi 300-400 metr. Eng baland joyi — Sokusti tog’i (718 metr). Manselkyada botqoqli joylar va ko’l ko’p. Botqoq-tundra o’simliklari bilan qoplangan.