Manzarali film
Manzarali film — hujjatli film turi. U tabiat xususiyatlarini ko’rsatishga qaratilgan bo’ladi. «Geografik film» deb ham ataladi. Bunday filmlar yer yuzi va uning tabiiy sharoitlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi bilan tanishtiradi. Odatda, qisqa metrajli qilib yaratiladi va kadr ortidan beriladigan izoh so’zi juda kam bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi.