Maqbara

Maqbara – qabr ustiga qurilgan maxsus bino. Oddiy turi chorsi xonadan iborat, unga peshtoqli eshik orqali kirish mumkin. Ba’zan xonaning to’rt tomoni ravoqli chordara shaklida bo’lgan. Murakkab turida ziyoratxona, go’rxona, tagxona kabi maxsus xonalari ham bo’lgan; me’moriy komplekslar ham yaratilgan. Masalan, Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi.