Maqomot
Maqomot (Arab. — maqomlar) — 1) O’rta asr musulmon Sharqi xalqlari musiqa ilmida pardalar, tovushqatorlar, kuy-ohanglar va jinsjamlar maj- mui. Ilmiy. atama sifatida ilk bor Qutbiddin ash-Sheroziy (13-14-a.lar) ning «Durrat uttoj li g’urrat uddeboj» («Podshoq tojining gavhari») qomusida, musiqa ilmiga bag’ishlangan bo’limda qo’llanilgan; 2) O’rta va yaqin Sharq xalqlari mumtoz musiqa san’atida mu- ayyan tovushqatorlar va usullar tizimiga asoslangan maqom, muqom, Mug’om, navba, dastgoh, taqsim (Taqasim), peshrav kabi turkum janrlariga nisbatan ishlatila — digan umumnazariy tushuncha; 3) O’rta asr Sharq adabiyotida nasriy turkum janri. Alhaririy, alHamadoniy kabi Arab adi- blarining «M.»lari jahon adabiyotida mashhur bo’lib, Evropa tillariga tarji- ma qilingan.