MARJA
MARJA — bitim qatnashchilari olishlari mumkin bo’lgan daromadlar hajmini belgilovchi miqdor. Mohiyatan marja xaridor va sotuvchi narxlari o’rtasidagi farqni bildiradi. Marja savdo, birja, sug’urta va bank amaliyotida tovarlar narxi, valyuta va qimmatbaho qog’ozlar kursi, foiz stavkalari va boshqa ko’rsatkichlar farqini ifodalash uchun ishlatiladigan atama.