MARJINALIZM
MARJINALIZM — fran. “chegaraviy” ma’nosidagi so’zdan olingan, XIX asming 70-yillari Jevons, Menger, Valraslar tomonidan ochilgan iqtisodiyotning metodologik prinsiplaridan biri, iqtisodiy hodisalarni tahlil etishda eng chekka ko’rsatkichlarga suyanadi. Iste’molni ishlab chiqarishdan ustun qo’yadi. Qiymatning mehnat nazariyasi inkor etiladi. Avstriya maktabi vakillari tomonidan qo’llanilgan. XIX asrning o’rtalarida fransuz iqtisodchisi Kurno (1821-1877), nemis iqtisodchilari Tyunen (1783-1850), Gossen (1810-1858) birinchi bo’lib marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga joriy etishga uringan. Uning kategoriyalari: qimmat, eng yuqori, chegaralangan naf, noyoblik, ishlab chiqarishning eng yuqori unumdorligi va boshqalar. Marjinalizmning dastlabki vakillari K. Menger, F. Vnzer va boshqalar bo’lib, „sof nazariya” tarafdorlari sifatida, yangi iqtisodiy voqealar, hodisalar va jarayonlarga yangicha qarashlar, ularni amaliyotga kiritish bilan, klassik iqtisodiy nazariya va markscha iqtisodiy ta’limotning sinfiy shakli, mafkura pardasini olib tashlab, ulardagi ijobiy tomonlarni saqlab qolgan holda yangi iqtisodiy tizim nazariyasini yaratdilar.