Marjinalizm

Marjinalizm (Frans. Marginal -chegaraviy, eng so’nggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslan- gan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-a.ning o’rtalarida A. Kurno (Frantsiya), N. Tyunen va g. Gossen (Germa- niya) birinchi bo’lib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-a.ning oxirgi choragida in- gliz u. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveytsariyalikl. Valras M.ning naza- riy asoslarini yaratdilar. 19-a. ning 90-y.laridan M. sub’ektiv-psixologik yo’nalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar aso- sida tushuntirib berishga o’tdi. Natija- da yangicha iqtisodiy g’oyalar namoyanda- lari klassik iqtisodiy maktabning da- vomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. M. me’yoriy unumdorlik, me’yoriy naflilik, me’yoriy xarajatlar kabi ko’rsatkichlardan foydalanadilar, me’yo- riy naflilik, me’yoriy unumdorlik, me- ‘yoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qo’llaydilar. M. iqtisodiyotni individual xo’jaliklarning o’zaro ta’siri sifatida qaraydi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning i.ch. jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga mikdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funktsional bog’lanishlarini taxlil etishga imkon beradi. SSSR davrida M. markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat ma’muriy- buyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tilishi tufayli M.ning asosiy g’oyalari tan olina bosh- landi. Abduxalil Razzoqov.