Markiz

Markiz (Fransuzcha marquis) — 1) Frank davlatida markgrafga to’g’ri keluvchi unvon; 2) o’rta asrda Frantsiya va Italiyada (10-asrdan) yirik mulkdor, o’z mavqeiga ko’ra, tabaqaviy pog’onada Gertsog va graf o’rtasida turgan; 3) Frantsiya va Italiyada, 14-15-asrlardan esa Angliya, Ispaniya va Portugaliyada merosiy dvoryanlik unvoni.