Markov jarayonlari

Markov jarayonlari — ta- biatshu-noslik va texnikaning turli sohalarida tatbiq qilinadigan taso- difiy jarayonlar. Radioaktiv modda- ning parchalanish jarayoni unga misol bo’ladi. Biror sistemaning so, holatdan a holatga o’tish ehtimoli P.. (t) faqat t ga bog’liq bo’lib, jarayonning o’tishiga bog’liq bo’lmasa, bunday jarayon Markov jarayoni deyiladi. Yuqoridagi shart M.j.ni matematika usullari b-n to’la tekshirishga imkon beradi. Mas, radio- aktiv moddaning parchalanishida har bir atomning cheksiz kichik dt vaqt oralig’ida parchalanish ehtimoli adt ga teng bo’lib, u boshqa atomlarga bog’liq emas (parcha- lanish jadalligi a modda turiga bog’liq koeffisient). M.j. nazariyasi A. A. Markov tadqiqotlari asosida yuzaga kelgan (1907), 1930 y.da A. N. Kolmogo- rov o’rgana boshlagan. M.j. nazariyasi- ning rivojlanishi va tatbiqiga T. A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov katta hissa ko’shgan.