Marog’a
Marog’a — Eronning shim.- g’arbida, Sharqiy Ozarbayjon ostoni- dagi qad. shahar. Tabrizdan 80 km Jan. da joylashgan. Qurilgan vaqti noma’- lum. Aholisi 132 ming kishi (1997). M.da dehqonchilik, bog’dorchilik, hunarmandchilik, yog’ochsozlik, uning yaqinida esa konchilik rivojlangan. Quruq meva (magiz) eksport qiladi. M. saxtiyon teri va gilamlari b-n mashhur bo’lgan. Shahar yaqinidagi vodiyda mo’g’ul xonlari qishni o’tkazishgan. Dastlabki hulokuiylarntg qarorgohi bo’lgan vaq- tda ravnaq topgan. 1225 y.da Jalolid- din Manguberdi M.ni egallab, shu erdan Ozarbayjon b-n chegaradosh davlatlar- ning sultonlariga maktub yo’llab, ular b-n do’stona munosabatda bo’lish niyati- da ekanligini bildirgan, shaharning shim. tepaligida 1259 y.,mo’g’ul xoni Huloku (1217-65) hukmronligi davrida taniqli astronom N. Tusiy rahbarligida Marog’a rasadxonasi qurilgan, rasadxo- nada kutubxona ham bo’lgan, Tusiy «Ziji Elxoniy»ni shu erda yozgan. Mo’g’ullar Bag’dodni bosib olgan vaqtda (1258) o’lja olingan kitoblarning ko’p qismi shu ku- tubxonada saqlangan. Rasadxonada fors astronomlari b-n birga Xitoy astronom- lari ham ishlagan. 1339 y.da rasadxona xarobaga aylangan. Huloku maqbarasi 19-a. oxirida ham ziyoratgoh bo’lgan. Ra- sadxona qoldiklari (13-a.), minorali maqbaralar (Nomsiz, 1168; qizil gumbaz, 1148; ko’k gumbaz, 1197, gumbazi Shara- fiya, 1328 va b.) saqlangan.